Ushbu qonun loyihasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan kiritilgan bo‘lib, uni 331 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, deya xabar berdi “Suspilne”.
Qonunning asosiy bandlari quyidagilardan iborat:
— NABU (Milliy korrupsiyaga qarshi byuro) va SAP (Korrupsiyaga qarshi maxsus prokuratura) prosessual mustaqilligi tiklanadi. Ularning barcha vakolatlari qaytariladi;
— Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlariga SAP prokurorlariga majburiy yozma ko‘rsatmalar berish taqiqlanadi;
— Bosh prokurorning NABU ishlariga aralashishi yoki ularni boshqa idoralarga topshirishi taqiqlanadi;
— Gumonlanuvchilarning tarafdorlari tomonidan tergovni yopish yoki ish yurituvini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqi SAP va NABU organlariga qaytariladi.
22 iyul kuni Oliy Rada qabul qilgan va prezident Volodimir Zelenskiy imzolagan avvalgi qonun NABU va SAPni amalda mustaqillikdan mahrum qilgan edi. Mazkur qaror Ukrainada noroziliklarga sabab bo‘ldi, Yevropa Ittifoqi ham bunga o‘z e’tirozini bildirgandi.
24 iyul kuni kechqurun prezident Zelenskiy Oliy Radaga yangi qonun loyihasini kiritdi, bu hujjat korrupsiyaga qarshi organlarning vakolatlarini cheklovchi avvalgi qonunni amalda bekor qiladi.