Ukraina Oliy Radasi korrupsiya mojarosi sababli adliya vaziri German Galushenko va energetika vaziri Svetlana Grinchukni istefoga chiqardi — “Meduza”
Galushenkoning iste’fosi bo‘yicha qarorni 323 deputat, Grinchuknikini esa 315 deputat qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq Ukrainaning “Energoatom” davlat kompaniyasi va biznesmen Timur Mindich atrofida yuz bergan korrupsiya mojarosi fonida bu ikki vazir vazifalarini bajarishdan chetlatilgan edi.
Vazirlarning istefosi uchun Oliy Rada 18 noyabr kuni ovoz berishni rejalashtirgan, biroq o‘sha kuni bir qator deputatlar butun hukumatni iste’fosini talab qilib, tribunani bloklagani sababli majlis to‘xtatilgan edi.