Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina Novorossiyskka havo va dengiz dronlari bilan hujum uyushtirdi

Ukraina Novorossiyskka havo va dengiz dronlari bilan hujum uyushtirdi

Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratevning ma’lum qilishicha 24 sentyabr kuni Ukraina dronlari Novorossiysk shahri bo‘ylab hujumlar uyushtirgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, xuddi shu vaqtda Ukraina dengiz dronlari Novorossiysk portiga hujum qilgan. Novorossiysk Rossiyadagi eng yirik dengiz porti bo‘lib, bu yerda xalqaro Kaspiy quvurlar konsorsiumi (KTK) neft terminali hamda Rossiya Qurolli kuchlari Qora dengiz floti harbiy-dengiz bazasi joylashgan.

Krasnodar o‘lkasi operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi hujumlar oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, o‘n bir inson yaralangan. Shaharda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan. Rasmiylar dronlar hujumini qaytarish davom etayotganini xabar qilgan.

Kaspiy quvurlari konsorsiumi (KTK) vakillari dronlar hujumi tufayli kompaniya ofisi faoliyati to‘xtatilganini ma’lum qildi. Binoga zarar yetgan, xodimlar evakuasiya qilingan. KTK ma’lumotlariga ko‘ra, ularning ikki xodimi yaralangan.

Rossiya dengiz va daryo transporti federal agentligi (Rosmorrechflot) dronlar hujumidan keyin Novorossiysk porti infratuzilmasi va kemalarga zarar yetmaganini bildirdi.

Dron hujumlari xavfi tufayli Krasnodar o‘lkasining Gelenjik, Tuapse va Sochi shaharlarida qirg‘oq bo‘yidagi odamlar evakuasiya qilindi, aholidan dengizga yaqinlashmaslik so‘raldi.

Kiritildi: 21:45 24.09.2025. O'qildi: 1632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!