Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Novgorod viloyatidagi sanoat ob’ektiga zarba berdi

Ukraina Novgorod viloyatidagi sanoat ob’ektiga zarba berdi

10 noyabrga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rossiyaning Novgorod viloyatiga hujum qildi. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Dronov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, dron bo‘laklari tushishi oqibatida ikkita dala hovlisiga zarar yetgan. Shuningdek, sanoat ob’ekti ham shikastlangan. Gubernator qaysi korxona zarar ko‘rganini aniqlashtirmagan.

Ukrainaning Exilenova+ monitoring kanali esa hujum Staraya Russa shahridagi samolyotlarni ta’mirlash zavodiga uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini yozgan. Bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 13:32 10.11.2026. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik