Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukraina mudofaa xaridlaridagi korrupsiya oqibatida kamida 1,2 milliard dollar yo‘qotdi

Ukraina mudofaa xaridlaridagi korrupsiya oqibatida kamida 1,2 milliard dollar yo‘qotdi

The New York Times gazetasi Ukraina armiyasi uchun 2024-2025 yillarda amalga oshirilgan davlat xaridlari auditi natijalarini qo‘lga kiritdi. Mudofaa xaridlari agentligi faoliyati davlat audit xizmati va Ukraina Mudofaa vazirligining ichki audit bo‘limi tomonidan tekshirilgan. Bungacha tekshiruv natijalari e’lon qilinmagandi. Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yilning o‘zida Ukraina firibgarlik, isrofgarchilik va mudofaa xaridlaridagi samarasiz boshqaruv tufayli 1,2 milliard dollarga yaqin mablag‘ yo‘qotgan.

Tekshiruv hujjatlariga ko‘ra, Ukraina hukumati xaridlar paytida xavotirli signallarni e’tiborsiz qoldirmoqda. Narxlarni oshiradigan yoki yetkazib berish majburiyatlarini bajarmaydigan pudratchi uchun kamdan kam hollarda oqibatlar yuzaga keladi.

Kompaniyalar qurol yetkazib berishga qodirligini isbotlamasdan shartnomalar olishgan. Ba’zi hollarda pudratchida bunday yetkazib berish uchun lisenziya ham bo‘lmagan.

"Armiya o‘ziga kerak bo‘lgan narsalarni ololmayapti, byudjet esa yetkazib berilmaganlik va ortiqcha to‘lovlar tufayli qisqarmoqda. Natijada bizda ko‘proq qurol buyurtma qilishga pul yo‘q, kerakli miqdordagi o‘q-dorilar ham yo‘q", — dedi Ukraina mudofaa xaridlari agentligi sobiq maslahatchisi Tamerlan Vagabov NYT nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!