Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukraina Moskva shahri va viloyatiga yuzlab dronlar bilan hujum qildi

Ukraina Moskva shahri va viloyatiga yuzlab dronlar bilan hujum qildi

Moskva meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, poytaxt yaqinida 180 dan ortiq dron yo‘q qilingan. Tonggi 5:00 gacha Rossiya poytaxti tomon jami 620 ta uchuvchisiz apparat uchib kelgan, deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning xabar berishicha, Kolomna okrugida dron qoldiqlarining qulashi oqibatida “Globus” savdo markazi hududida yong‘in chiqqan. Bundan tashqari, drom Moskva viloyatining Bogorodsk okrugidagi “Atlant-park” hududida joylashgan Wildberries omboriga borib urilgan. Vorobyovning so‘zlariga ko‘ra, buning natijasida kelib chiqqan yong‘in o‘chirilgan.

Hujum natijasida, shuningdek, Moskva viloyatining Kotelniki shahridagi “Dyuna” turar-joy majmuasiga ham zarar yetgan bo‘lishi mumkin. Buni Ukrainaning Exilnova+ Telegram-kanalida e’lon qilingan rasm va videolar tasdiqlaydi. Ushbu turar-joy majmuasi avval ham bir necha bor zarba nishoniga aylangan Moskva neftni qayta ishlash zavodidan 5 km uzoqlikda joylashgan.

Kiritildi: 12:13 18.08.2026. O'qildi: 970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!