Ukraina Moliya vazirligi rahbari Sergey Marchenko Ukrainaning "Rada" telekanali efirida Kiyev G‘arb davlatlariga qarzlarini "shartli ravishda yaqin 30 yil ichida" qaytarmasligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlardan oldin mamlakatning yalpi ichki mahsulotga nisbatan qarz darajasi 55 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda u yalpi ichki mahsulotning 100 foiziga yaqinlashmoqda.
"Ammo shuni ta’kidlash kerakki, bu qarzning katta qismi urush paytida hamkorlarimizdan imtiyozli shartlarda olingan. Ya’ni, gap shundaki, yaqin 30 yil ichida biz bu qarzlarni shartli ravishda qaytarmaymiz," - deya vazirlik rahbarining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.