Farmon bilan Ukraina Markaziy saylov komissiyasi (MSK) saylovchilarning davlat reestri faoliyatini tikladi.
Bu haqda Oliy Radadagi "Xalq xizmatchisi" fraksiyasi raisi David Araxamiya o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
"Bugun, keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri birinchi marta MSK qarori bilan Saylovchilarning Davlat reestri faoliyati tiklandi. Bu MSKning fuqarolar va davlat organlari bilan reestr bo‘yicha o‘zaro hamkorligini tiklashga, demak, uni yangilash uchun samarali yo‘l ochmoqda", deb yozadi u.
Araxamiya, saylovchilar ro‘yxatini yangilash, ayniqsa, urush natijasida yuzaga kelgan demografik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, har qanday saylovni o‘tkazishning asosiy talabi ekanligini ta’kidladi.