Krasnodar o‘lkasining Ust-Labinsk shahridagi neft omborida yong‘in taxminan 5000 kvadrat metr maydonni egalladi.
Bu haqda Ust-Labinsk tumanining Yagona dispetcherlik xizmati (YDXX) xabar berdi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha bo‘limlari voqea joyida ishlamoqda. YDXX ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina dronlarining hujumi natijasida Ust-Labinskdagi neft omborida yong‘in sodir bo‘lgandi.