Transparency International'ning korrupsiyani qabul qilish indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 31 ball to‘plab, 180 davlat orasida 124-o‘rinni egalladi.
Markaziy Osiyoda:
🇰🇿 Qozog‘iston — 96-o‘rin;
🇺🇿 O‘zbekiston — 124-o‘rin;
🇰🇬 Qirg‘iziston — 142-o‘rin;
🇹🇯 Tojikiston — 166-o‘rin;
🇹🇲 Turkmaniston — 167-o‘rin.
📈 Indeks 0 dan 100 ballgacha baholanadi:
➖ 0 — yuqori korrupsiya;
➖ 100 — korrupsiyadan xoli tizim.
Eng yaxshi natijalarni Daniya, Finlyandiya, Singapur va Yangi Zelandiya qayd etgan.
Mutaxassislar fikricha, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ayrim ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, muammo hanuz dolzarbligicha qolmoqda.