Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina hozircha uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusiga javob bermadi

 Ukraina hozircha uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusiga javob bermadi

Ukraina hozircha Putin tomonidan 8–10 may kunlari e’lon qilingan uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusiga javob bermadi — Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Dmitriyev Peskov yana bir bor Ukraina bilan hech qanday old shartlarsiz bevosita muzokaralarga tayyor ekanliklarini bildirdi va Kiyevdan bu borada hali javob olinmaganini aytdi.

Shu bilan birga, u Ukraina rahbariyatining legitimligi masalasiga yana to‘xtaldi. Peskov bu muzokaralar uchun to‘siq bo‘lmasligini, chunki “tinchlikka erishish manfaatlari har narsadan ustun” ekanini ta’kidladi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Putinning may oyida uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga munosabat bildirdi. Zelenskiy, shuningdek, Rossiyani 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

Peskov bunga javoban, 30 kunlik sulhni “barcha tafsilotlar hal etilmasdan amalga oshirib bo‘lmasligini” aytdi.

Kiritildi: 14:52 29.04.2025. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!