Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlaganiga 1000 kun bo‘lgani munosabati bilan qilgan bayonotida Kiyev qarshilik ko‘rsatishda davom etishini aytdi.
«Ukraina hech qachon bosqinchilarga bo‘ysunmaydi, Rossiya harbiylari esa xalqaro huquqni buzgani uchun jazolanadi», — deyiladi TIV bayonotida.
Rossiya qo‘shinlari 2022 yil 24 fevralda o‘zining yaxlit bostirib kirishini boshladi.
O‘n minglab ukrainaliklar, jumladan, ko‘plab tinch aholi vakillari hayotdan ko‘z yumdi, millionlab odamlar esa uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.