Ukraina frontda va dronlarni boshqarish uchun foydalanadigan Starshield (Starlink'ning harbiy versiyasi) sun’iy yo‘ldosh aloqasi ishlashini cheklash to‘g‘risidagi farmoyish Oq uydan kelib tushgan, deb xabar bermoqda agentlik o‘z manbalariga tayanib.
Reuters suhbatdoshlari buyruqni aynan kim berganiga aniqlik kiritmagan, faqat tegishli ko‘rsatma Pentagonga kelib tushganini bildirgan.
14 oktyabr tongidan boshlab ukrainalik amaldorlar va harbiylar Starshield bilan bog‘liq muammolar haqida xabar bera boshlashdi. Bu holat AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani fonida yuz berdi.
Vashington Ukraina uchun Starshield ishlashiga qandaydir cheklovlar joriy etilganini rasman tasdiqlamadi, o‘z navbatida SpaceX rahbari Ilon Mask tizim ishlashini faqat Pentagon cheklashi mumkinligini aytib o‘tdi.
15 oktyabr tongida Ukraina ommaviy axborot vositalari harbiylarga tayanib, Ukraina Qurolli kuchlari uchun Starshield ishlashi tiklanganini xabar qildi.