Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerovning aytishicha, u mamlakat prezidenti Zelenskiyning topshirig‘iga binoan Turkiya va BAA orqali vositachilar ishtirokida Rossiya bilan harbiy asirlar almashinuvini tiklash masalasida maslahatlashuvlar o‘tkazgan.
"Ushbu muzokaralar natijasida tomonlar Istanbul kelishuvlarini faollashtirishga rozi bo‘ldi. Gap 1200 nafar ukrainalikni ozod qilish haqida bormoqda", — dedi Umerov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda barcha jarayon va tashkiliy masalalarni “mustahkamlash” uchun texnik maslahatlashuvlar o‘tkaziladi.