"So‘nggi olti oyda Ukraina Qurolli kuchlarining oylik sanitariya (yaradorlar) va qaytarilmas (qurbonlar) yo‘qotishlari o‘rtacha 50 ming kishini tashkil qilmoqda: 2025 yil yanvarida - 51 960 kishi, 2024 yil dekabrda - 48 470 kishi, 2024 yil noyabrda - 60 800 kishi, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Ma’lumotda aytilishiga ko‘ra, Ukrainadagi safarbarlik sur’ati yo‘qotishlarni to‘ldirishga ulgurmayapti. Bu esa Ukraina Qurolli kuchlarining soni qisqarishiga olib kelmoqda. Undan tashqari 100 mingga yaqin ukrainalik askarlar o‘z bo‘linmalarini tashlab ketishgan (dezertirlar), deyiladi hisobotda.