Bugun 1 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp BRICS'ga tahdid qildi

Tramp BRICS'ga tahdid qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp BRICS davlatlari xalqaro to‘lov vositasi sifatida AQSh dollaridan voz kechsa, 100 foizlik bojlar joriy qilish bilan tahdid qildi: "BRICS mamlakatlari dollardan uzoqlashishga harakat qilmoqda, biz esa kuzatib turibmiz, degan fikr tugadi. Biz bu mamlakatlardan yangi BRICS valyutasini yaratmaslik va qudratli AQSh dollari o‘rnini bosadigan boshqa valyutani qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatlarini talab qilamiz”

Ma’lumot uchun, BRICS guruhi dastlab besh a’zodan iborat edi: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika. Ularga 2024 yil boshida Eron, Misr, Efiopiya va Birlashgan Arab Amirliklari qo‘shildi.

Kiritildi: 15:12 31.01.2025. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!