Bugun 1 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Kutilmagan bayonot: Rossiyada Ukrainani "yovuzlik imperiyasi" sifatida ko‘rmaslikka chaqirildi

Kutilmagan bayonot: Rossiyada Ukrainani "yovuzlik imperiyasi" sifatida ko‘rmaslikka chaqirildi

Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova 30 yanvar kuni Davlat dumasida so‘zlab, Ukrainani faqat "yovuzlik imperiyasi" deb qarash noto‘g‘ri ekanligini, chunki u yerdagi odamlar turlicha ekanligini ta’kidladi. Bu haqda "Meduza" xabar bermoqda.

Rossiya Ombudsmani aytishicha, u Ukrainaga olib ketilgan va keyinchalik Rossiyaga qaytarilgan Kursk viloyati aholisi bilan suhbatlashgan. Ular turli xil voqealarni so‘zlab berishgan, dedi Moskalkova.

"Ular, jumladan, ukrainalik harbiylar o‘z oziq-ovqatlarini keltirib, oxirgi bo‘lagini ham baham ko‘rganlari haqida gapirishdi. Biz insoniylikni yo‘qotmasligimiz va ularda faqat "yovuzlik imperiyasi"ni ko‘rmasligimiz kerak. Ular (ukrainalar) turlicha. Ular o‘zlari bilan kelgan yollanma askarlardan qanday qutqarib qolishgani haqida ham aytishdi, chunki bu yollanma askarlarda hech qanday muqaddas narsa yo‘q," dedi Moskalkova.

Rossiya Ombudsmani yana qo‘shimcha qilishicha, ukrainalik harbiylar pravoslav, shuning uchun ular, ularning "qalbi va ma’naviyati" uchun "kurashish" zarur.

Kiritildi: 23:10 31.01.2025. O'qildi: 1745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!