Ukraina Yevropada Shimoliy Koreyaga qarshi amalda kurashishga majbur bo‘ladi — Zelenskiy
"Moskva tajovuzni davom ettirishga qaror qildi. U boshqa hech narsa xohlamaydi, shuning uchun ham ular mudofaa ishlab chiqarishini ko‘paytirishga harakat qilmoqdalar.
Va aynan shu sababli ular Shimoliy Koreyani sherik sifatida qabul qilmoqdalar. Shu kunlarda ularning askarlari Ukrainaga qarshi jang maydonida qatnashishi mumkin. Ukraina esa Yevropada Shimoliy Koreyaga qarshi jang qilishga majbur bo‘ladi.
Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlarning yanada kuchliroq qarorlar qabul qilmagani Putinni terrorga yanada ko‘proq sarmoya kiritishga undamoqda", — dedi u kechki murojaatida.