"Ukraina bu muzokaralarda ishtirok etmaydi, bizga bu haqda hech narsa deyishmagan. Agar bizning ishtirokimizsiz Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilsa, biz bu muzokaralarni haqiqiy deb hisoblamaymiz", — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy, o‘zining Saudiya Arabistoniga tashrifi ertaga boshlanishini, ammo bu Rossiya-Amerika muzokaralariga aloqador emasligini aytdi. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Vashington va Moskva o‘rtasidagi muzokaralar haqida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va bosh vaziri Muxammad ibn Salmondan so‘rashini qo‘shimcha qildi.