Payshanba kuni Ukrainaning Odessa, Kropivnitskiy, Xarkov, Rivne va Lutsk shaharlarida Rossiyaning yirik qanotli raketa hujumi haqidagi xabarlar ortidan portlashlar yangradi, deya xabar beradi Ukraina matbuoti.
Ukraina energetika vazirining aytishicha, zarbalar muhim infratuzilma ob’ektlariga qaratilgan .
Ukraina energetika vaziri German Galushchenko Facebook’da “Yana bir bor energetika sektori dushman hujumiga uchradi«, dedi.
"Ukraina bo‘ylab energetika ob’ektlariga hujumlar sodir bo‘lmoqda".
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, milliy elektr tarmog‘i operatori «shoshilinch ravishda elektr energiyasini uzib qo‘ygan».
«Raketa tahdidi tufayli Ukrainaning butun hududida havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi», — deyiladi Ukraina harbiy-havo kuchlari Telegram’da.
Havo kuchlarining boshqa xabarlariga ko‘ra, aniqlangan raketalar Xarkov, Odessa va boshqa sakkizta mintaqaga yo‘naltirilgan.