Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Donbassning bir qismini “Donnilend” deb nomlash g‘oyasini muhokama qilgan

Ukraina Donbassning bir qismini “Donnilend” deb nomlash g‘oyasini muhokama qilgan

Ukraina delegasiyasi Donbassning bir qismini AQSh prezidenti Donald Tramp sharafiga “Donnilend” deb nomlash taklifini muhokama qilgan. Bu haqda The New York Times nashri manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur g‘oya Vashington pozisiyasiga ta’sir o‘tkazish va AQShni Rossiyaga nisbatan yanada qat’iy bosim choralarini qo‘llashga ko‘ndirish usuli sifatida ko‘rib chiqilgan.

Manbalarning aytishicha, Ukraina delegasiyasi ehtimoliy “Donnilend” uchun yashil-oltin rangli bayroq ham tayyorlagan. Shuningdek, milliy madhiya matni OpenAIning ChatGPT yordamida yaratilgani aytilmoqda.

Kiritildi: 21:32 21.04.2026. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!