Reuters agentligining xabar berishicha, Ukraina demografik kollaps arafasida.
Agentlikning xabar berishicha, to‘liq miqyosli urushdan oldin mamlakat aholisi 42 million kishini tashkil etgan; hozirda bu raqam 36 milliondan kamroqqa tushib ketgan. 2051-yilga kelib bu ko‘rsatkich 25 millionga tushishi taxmin qilinmoqda.
CIA World Factbook ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda Ukrainada o‘lim darajasi eng yuqori va tug‘ilish darajasi eng past bo‘lgan: har bir tug‘ilishga taxminan uchta o‘lim.
Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainada erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi urushdan oldingi 65,2 yildan 2024-yilda 57,3 yilgacha pasaygan. Ayollar uchun bu ko‘rsatkich 74,4 yildan 70,9 yilgacha pasaygan.
O‘lim darajasi yuqori va tug‘ilish darajasi pastligidan tashqari, demografik muammo ukrainaliklarning migrasiyasi bilan ham bog‘liq. 2025-yil mart oyida Ukraina Iqtisodiy strategiya markazi urush boshlanganidan keyin mamlakatni tark etgan taxminan 5,2 million ukrainalik chet elda, asosan Yevropa mamlakatlarida qolganini xabar qildi