Ukraina delegasiyasi Jenevadan qaytmoqda, kechqurun muzokaralar to‘g‘risida to‘liq hisobot berilishi kutilmoqda — Zelenskiy.
Ukraina prezidentining Telegram'da yozishicha, Ukraina delegasiyasi Jenevada amerikaliklar va yevropaliklar bilan AQSh tomonidan ishlab chiqilgan urushni yakunlash rejasini muhokama qilgan.
"Bugun kechqurun Jenevadagi muzokaralar va hamkorlarimizning fikrlari bo‘yicha to‘liq hisobotni kutyapman. Hisobotlar yakuniga ko‘ra keyingi qadamlar va muddatlarni belgilaymiz", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.