Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurashda hamkorlikni muhokama qilish uchun Yaqin Sharqqa ketayotganini e’lon qildi.
Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining Telegram-kanalidagi kechki nutqida ma’lum qildi.
U xavfsizlik xodimlaridan iborat delegasiya "aniq kelishuvlar tayyorlaydi" deb aytdi.
"Bizning jamoamiz — jumladan, harbiy xizmatchilar va Rustem Umerov — hozirda Fors ko‘rfazi mintaqasiga ketmoqda. O‘tgan yili biz Qo‘shma Shtatlarga dronlar bo‘yicha kelishuv taklif qilgan edik. Bu to‘g‘ri yo‘l: dronlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda biz bilan hamkorlik qilish va endi hamma bu yondashuvga alternativa yo‘qligini ko‘rmoqda. Ukraina hujum dronlariga qarshi kurashishda dunyodagi eng katta tajribaga ega va bizning tajribamizsiz Fors ko‘rfazi mintaqasi, butun Yaqin Sharq, shuningdek, Yevropa va Qo‘shma Shtatlardagi hamkorlarimiz uchun ishonchli mudofaa qurish juda qiyin bo‘ladi", deb ta’kidladi Zelenskiy.
Ukraina Prezidenti delegasiya tarkibida razvedka xodimlari, Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi borligini aniqlik kiritdi.
"Ukraina Prezidenti delegasiya tarkibida razvedka xodimlari, Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi borligini aniqlik kiritdi. "Ukraina ishonchli xavfsizlik ta’minotchisi va bu nafaqat bizning xavfsizlik istiqbollarimiz, balki iqtisodiy istiqbollarimiz hamdir", deb qo‘shimcha qildi u.