Ukraina bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha qo‘shma investisiya fondini tashkil etishni nazarda tutuvchi bitim imzolanganini tasdiqladi.
Bu haqda u o‘zining Facebook'dagi sahifasida yozib qoldirgan.
Hujjatga ko‘ra, Ukraina ushbu jamg‘armaga yangi renta va yangi uchastkalarda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yangi lisenziyalardan olingan barcha daromadlarning 50 foizini kiritadi. Jamg‘armani boshqarishda AQSh va Ukraina teng ovozga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga, kelishuv Ukrainaning AQSh oldidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarz majburiyatlarini nazarda tutmaydi.