Ukraina Boltiqbo‘yi davlatlaridan Rossiyaga dron uchirishni xohlaydi – Tashqi razvedka xizmati.
"Kiyev Boltiqbo‘yi davlatlari hududidan dronlar uchirishni ham rejalashtirgan. UQK Uchuvchisiz tizimlari shaxsiy tarkibi allaqachon Latviyadagi Adaji, Selija, Liyelvarde, Daugavpils va Jekabpilsdagi harbiy bazalarda joylashtirilgan", — deyiladi bayonotda.
Kiyev rejimining maqsadi — yevropalik homiylariga o‘zining Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkazish qobiliyatini namoyish etishdir. Aynan shu sababli UQK Rossiyaga qarshi yangi terroristik hujumlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda, - deyiladi xabarda.