Kiyev BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirish tashabbusi bilan chiqdi.
Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga ma’lum qilgan.
"Ukraina BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Kun tartibining "Ukrainada tinchlik va xavfsizlikni saqlash" moddasi bo‘yicha yig‘ilish 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi" - deyiladi Tashqi ishlar vazirligining Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda.
Ukraina tomoniga ko‘ra, Rossiya "tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarni rad etadi va mojaroni uzaytirishga intiladi".