Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina AQShga tinchlik rejasining yangilangan versiyasini taqdim etdi

Ukraina AQShga tinchlik rejasining yangilangan versiyasini taqdim etdi

Ukraina avvalroq Vashington Moskvaga taqdim etgan tinchlik rejasining yangilangan versiyasini AQShga topshirdi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlarga ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, joriy versiya Kiyevning qarashlarini, shuningdek, Yevropa pozisiyalarini aks ettiradi, ammo yakuniy emas.

Zelenskiyning aniqlik kiritishicha, 28 banddan iborat dastlabki reja 20 bandga qisqartirilgan va uni tahrirlash jarayoni davom etmoqda. Ushbu 20 band iqtisodiyot, rekonstruksiya va xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar ishlab chiqilayotgan poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

"Masalan, iqtisodiy jihatga Bosh vazir Yuliya Sviridenko, Iqtisodiyot vaziri Oleksiy Sobolev, Bosh vazir o‘rinbosari Taras Kachka va boshqa mutaxassislar ish olib boradigan bir qancha hujjatlar kiradi", — deya tushuntirdi Ukraina rahbari.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!