Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina, AQSh va Rossiyaning yangi uch tomonlama uchrashuvi 17-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi mumkin

Ukraina, AQSh va Rossiyaning yangi uch tomonlama uchrashuvi 17-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi mumkin

Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Nashr manbasiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar delegasiyasi ushbu uchrashuvda kelishuvda oldinga siljishga umid qilmoqda.

Politico suhbatdoshning bildirishicha, muzokaralar avvalgi ikkitasi kabi Abu-Dabida yoki Florida shtatining Mayami shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin. Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yangi uchrashuv AQShda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida aytgan edi. Moskva yangi muzokaralar joyi va sanasini tasdiqlamadi, AQSh buni rasman e’lon qilmadi.

Avvalgi uch tomonlama muzokaralar 4-5 fevral kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan, o‘shanda Kiyev va Moskva harbiy asirlarni “157 ga 157” formulasi bo‘yicha almashinuvga kelishib olgandi. Uchrashuv ishtirokchilari uni “konstruktiv” deb atashdi, biroq aniq natijalarni e’lon qilmadi.

“TASS”ning manbalarga tayanib xabar berishicha, uch davlat vakillari iqtisodiy jihatlar, hududiy masala, o‘t ochishni to‘xtatish mexanizmini muhokama qilgan.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!