Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina adliya vaziri korrupsiya mojarosi sabab lavozimidan chetlashtirildi

Ukraina adliya vaziri korrupsiya mojarosi sabab lavozimidan chetlashtirildi

Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenkoning ma’lum qilishicha, German Galushenkoni lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi qaror hukumatning navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, adliya vaziri vazifasini hozircha Yevropa bilan integrasiya masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Lyudmila Sugak bajaradi.

Avvalroq Ukraina NABU (Milliy korrupsiyaga qarshi byuro) va SAP (Maxsus korrupsiyaga qarshi prokuratura) energetika sohasidagi yirik korrupsiya sxemasi bo‘yicha keng ko‘lamli amaliyot o‘tkazganini e’lon qilgan edi. 10 noyabr kuni ertalab tergovchilar Zelenskiyning sobiq biznes hamkori va “Kvartal 95” studiyasi hammuassisi Timur Mindichning uyida tintuv o‘tkazgan, biroq u bir necha soat oldin mamlakatni tark etgani aniqlangan. Tintuvlar “Energoatom” davlat kompaniyasi va Galushenkoning uyida ham o‘tkazilgan.

Tergovchilarning bildirishicha, energetika sohasidagi davlat korxonalari bilan bog‘liq korrupsiya sxemasi ishtirokchilari shartnomalar qiymatining 10–15 foizini vositachilar orqali shaxsiy foyda sifatida olib kelgan. NABU ma’lumotiga ko‘ra, olingan taxminan 100 million dollar mablag‘ Kiyev markazida joylashgan alohida ofis orqali legallashtirilgan.

Kiritildi: 16:44 12.11.2025. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!