Ukrainada 60 yoshdan oshgan erkaklarga Ukraina Qurolli kuchlari safiga kirishga ruxsat berishni taklif qilindi.
Bu haqda xorij OAVlari xabar bermoqda.
Tegishli qonun loyihasi, ta’kidlanganidek, Oliy Rada deputatlari tomonidan ro‘yxatga olingan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, safarbarlik yoshiga yetmagan erkaklar bir yil muddatga shartnoma imzolashlari mumkin bo‘ladi.
Ofiserlar korpusining nomzodlari Ukraina Bosh shtabi tomonidan tasdiqlanishi kerak.