Ukraina 2025 yil 1 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 8:00 da Rossiyadan Yevropaga o‘tayotgan gaz tranzitini to‘xtatadi, dedi juma kuni mamlakat Bosh vazir Denis Shmigal. Energetika vaziri German Galushchenko 12 dekabr kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan Germaniya – Ukraina biznes forumi chog‘ida shunday qarorga kelinganini aytgan edi.
“RBK-Ukraina” agentligi xabarida hukumat rahbarining quyidagi so‘zlari iqtibos sifatida keltirilgan:
– Bilamizki, gaz tranziti bo‘yicha kelishuv yil oxirida tugaydi. Yangi yilning birinchi kuni ertalab soat 7:00 da – Moskva vaqti bilan 8:00 da kelishuv muddati yakunlangani sababli oqim to‘siladi.