AQSh prezidentining elchisi Stiv Uitkoff payshanba kuni Avraam kelishuvlariga yangi davlat qo‘shilishi haqida e’lon qildi.
U bu haqda Mayamida bo‘lib o‘tgan Amerika biznes forumida ma’lum qilgan.
"Bugun kechqurun Vashingtonga qaytaman, chunki biz boshqa davlatning Avraam kelishuviga qo‘shilishi haqida e’lon qilamiz" - dedi Uitkoff.
2020 yilda AQSh Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan jarayonni boshladi. Buning natijasida "Avraam tinchlik kelishuvlari" deb nomlanuvchi hujjatlar to‘plami imzolandi. Bitimlarga BAA, Bahrayn va Marokash qo‘shildi. Sudan hukumati kelishuvlarga qo‘shilishdan manfaatdorligini bildirdi va deklarativ qismini imzoladi, biroq Xartum Isroil bilan tegishli hujjatni imzolamadi. AQSh prezidenti Donald Tramp ham Saudiya Arabistoni kelishuvlarga qo‘shilishiga umid bildirdi.