AQSh prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Mayamidagi uchrashuvda Ukraina delegasiyasiga Rossiya bilan dizel kelishuvi Kremlni muzokaralarga qaytarishi mumkinligini bildirgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Kushner uchrashuvda Donald Trampning Kiyev Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishi kerakligi haqidagi talabini yetkazgan. Vashington Ukraina hujumlarni to‘xtatishi evaziga Moskvadan ham muayyan qadamlar kutayotganini manbalardan biri aytgan.
Reuters manbalariga ko‘ra, AQSh vakillari Vladimir Putin urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarga hozircha tayyor emasligini bildirgan. Kremlga yaqin manbaning aytishicha, Putin Donbassning qolgan 11 foiz hududini egallagandan keyingina muzokaralarga qaytishi mumkin.
Ukraina delegasiyasi taklifga shubha bilan qaragan va rasmiy kelishuvga erishmagan. Biroq Kiyev Rossiya ham amal qilsa, energetika ob’ektlariga hujumlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.