Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Uitkoff Ukrainadagi tinchlik muzokaralarida sezilarli siljish bo‘lganini aytdi

Uitkoff Ukrainadagi tinchlik muzokaralarida sezilarli siljish bo‘lganini aytdi

AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff Moskvada va Kiyevda o‘tkazgan muzokaralardan so‘ng uch tomonlama muzokaralarning muddatlarini kelishishda ham sezilarli siljish bo‘lganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

ABC telekanaliga ko‘ra, AQSh mojaro joriy yil qishigacha yakunlanishiga erishmoqchi.

Uitkoff va Jared Kushner Rossiyaga tashrifi chog‘ida Vladimir Putinga tinchlikka erishish bo‘yicha keyingi qadamlar yuzasidan “mazmunli rejalar”ni taqdim etgani ham aytilmoqda.

Kiritildi: 22:19 07.09.2026. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!