Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan U-23 terma jamoamizning musobaqa uchun tarkibi e’lon qilindi.
Darvozabonlar:
Samandar Muratbayev («Nasaf»)
Maksim Murkayev («Paxtakor»)
Umar Rustamov («Olimpik Mobiuz»)
Himoyachilar:
G‘iyos Rizaqulov («Qizilqum»)
Dilshod Murtazoyev («Nasaf»)
Quvonch Xushvaqtov («Nasaf»)
Diyor Abdunazarov («Nasaf»)
Dilshod Abdullayev («Paxtakor»)
Ro‘ziboy Fayzullayev («Olimpik Mobiuz»)
Saidxon Hamidov («Olimpik Mobiuz»)
Yarimhimoyachilar:
Ravshan Xayrullayev («Buxoro»)
Muhammadali Reimov («Lokomotiv»)
Saidumar Saidnurullayev («Metallurg»)
Sardor Bahromov («Nasaf»)
Ollobergan Karimov («So‘g‘diyona»)
Azizbek To‘lqinbekov («Bunyodkor»)
Oybek O‘rmonjonov («Dinamo»)
Asilbek Jumayev («Neftchi»)
Muhammadali O‘rinboyev («Antverpen»)
Hujumchilar:
Shodiyor Shodiboyev («Lokomotiv»)
Nurlan Ibraimov («Lokomotiv»)
Firdavs Abdurahmonov («Dinamo»)
Amirbek Saidov («So‘g‘diyona»)
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi turnirning "C" guruhidan joy olgan. Vakillarimiz guruh bosqichida Filippin, Kuvayt hamda Vetnam terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Jamoamiz Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini 15 sentyabr kuni boshlaydi. Dastlabki turda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Filippin bilan kuch sinashadi.