Germaniyaning Saksoniya-Anhalt yeridagi mahalliy kengash (landtag) saylovlarida o‘ta o‘ng qarashdagi “Germaniya uchun muqobil” (AfD) partiyasi g‘alaba qozondi. Partiya o‘zi uchun rekord miqdorda — 43,8 foiz ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Besh yil oldin AfD'ning ushbu hududdagi natijasi ikki barobar past (20,8 foiz) bo‘lgan.
O‘ta o‘ngchilar Germaniyaning urushdan keyingi tarixida ilk bor hukumatni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. AfD landtagda to‘liq ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritmagan, partiyda jami 83 o‘rindan 39 ta mandat olgan. Mutlaq ko‘pchilik o‘rin uchun partiya yana partiya bilan koalisiya tuzishi kerak.
Biroq AfD rahbari Alis Veydel ham, Saksoniya-Anhaltning katta ehtimol bilan bo‘lajak bosh vazori Ulrix Zigmund ham allaqachon o‘z g‘alabasini e’lon qilib bo‘ldi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers saylov natijalaridan “shokda” ekanini ma’lum qildi. Uning Saksoniya-Anhaltda 24 yil davomida hukmronlik qilgan XDI (Xristian demokratik ittifoq) partiyasi AfD ishtirokisiz koalisiya tuzishga urinmasligini va muxolifatga o‘tishini e’lon qildi.