Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ugandada 70 yoshli ayol egizak farzandlarni dunyoga keltirdi

Ugandada 70 yoshli ayol egizak farzandlarni dunyoga keltirdi

Ugandalik 70 yoshli ayol EKO yordamida homilador bo‘lib, egizaklar tug‘di. U Afrikada farzand ko‘rgan eng keksa ayol bo‘ldi, deb xabar beradi Kazinform agentligi BBCga tayanib.

Uganda poytaxti Kampala shahridagi Xalqaro ayollar kasalxonasi va Reproduktiv tibbiyot markazida Safina Namukvaya bir o‘g‘il va bir qiz dunyoga keltirdi.

Safina Namukvayaning NTV telekanaliga aytishicha, bu uning uch yil ichida ikkinchi tug‘ishidir. 2020 yilda u qiz tug‘di.

Uning qo‘shimcha qilishicha, homiladorlik davrida juda ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan, jumladan, bolalarning otasi ham ketgan.

Shuningdek, u bolalarni tarbiyalash bilan qanday shug‘ullanishini bilmasligini aytdi, lekin yillar davomida farzand ko‘rmaganligi uchun masxara qilinganidan keyin ularga ega bo‘lganidan xursand.

Kiritildi: 10:27 01.12.2023. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!