Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Ufq yana tiniqlashdi: toza havo qaytdi, tabiat bizdan minnatdor

Ufq yana tiniqlashdi: toza havo qaytdi, tabiat bizdan minnatdor

So‘nggi kunlarda Toshkent shahri havosi sezilarli toza bo‘ldi. Ko‘pdan beri chang va tutun g‘ubori ortiga yashiringan tog‘lar yana bo‘y ko‘rsata boshladi. Nafas olishdagi yengillik, osmondagi yulduzlarning tiniqligi musaffo muhit yana qaytganini aks ettirmoqda.

Bu tabiatning shunchaki «in’omi» emas, balki ekologik barqarorlik yo‘lida tashlangan qat’iy va tezkor qadamlarning amaliy natijasidir.

So‘nggi vaqtlarda:

”Maxsus komissiya”ning tizimli va natijali ish olib bordi;

Sanoat korxonalari ustidan o‘rnatilgan qat’iy nazorat;

Ekologik reydlarning izchilligi;

Jamoatchilik nazoratining kuchayishi va «yashil» tashabbuslarning qo‘llab-quvvatlanishi o‘z mevasini bermoqda.

Bugungi tiniq osmon — agar iroda va mas’uliyat bo‘lsa, ekologik muammolarni hal qilish mumkinligining isbotidir. Tabiat o‘ziga bo‘lgan e’tiborni hech qachon javobsiz qoldirmaydi: biz uni asrasak, u bizga sog‘lom hayot va musaffolik hadya etadi.

Toza havo — umumiy yutug‘imiz va umumiy mas’uliyatimizdir.

Kiritildi: 21:08 28.12.2025. O'qildi: 2370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!