Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

UFC-311. Umar Nurmagomedov faoliyatida ilk marta mag‘lubiyatga uchradi

A A A
UFC-311. Umar Nurmagomedov faoliyatida ilk marta mag‘lubiyatga uchradi

2025 yil 19 yanvar kuni Los-Anjelesda (Kaliforniya) bo‘lib o‘tgan UFC 311 turnirining asosiy janglaridan biri Umar Nurmagomedov (18-1) va Merab Dvalishvili (19-4) o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Jang besh raund davom etdi. Uning dastlabki ikki bo‘limida ustunlik dog‘istonlik sportchi tomonida bo‘ldi. Mareb esa uchinchi raunddan boshlab tajovuzkorlikni oshirdi va qolgan bo‘limlarni o‘z foydasiga hal qildi.

Dvalishvili jangni hakamlar qarorlari bilan (48-47, 48-47, 49-46) yutdi va yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini saqlab qoldi. Bu natija Nurmagomedovning professional faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Kiritildi: 11:44 19.01.2025. O'qildi: 2364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!