Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘FA terma jamoaga oid yangilik e’lon qildi

O‘FA terma jamoaga oid yangilik e’lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Jamoa futbolchilarining sog‘lom ovqatlanishini nazorat qilish, tiklanish jarayonlarini yaxshilash va umumiy tayyorgarlik sifatini oshirish maqsadida terma jamoa shtabiga ispaniyalik bosh oshpaz hamda professional nutrisiolog jalb etildi.

Bu tashabbus jamoa futbolchilarining to‘g‘ri ovqatlanish tartibini saqlash, energiya balansini ta’minlash va o‘yinlardagi jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajada ushlab turishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Turnirda Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari kuch sinashadi. Barcha uchrashuvlar "Hazza bin Zayd" stadionida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 22:45 10.11.2025. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!