Bugun 14 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘FA qoshidagi futbol hakamlari akademiyasining talablari e’lon qilindi

O‘FA qoshidagi futbol hakamlari akademiyasining talablari e’lon qilindi

Hakamlik tizimini yanada rivojlantirish, yosh hakamlarning bilim va tajribasini oshirish maqsadida O‘FA tomonidan Hakamlar akademiyasi tashkil etilmoqda.

Ushbu akademiya yosh va iqtidorli hakamlarni tayyorlash, ularga professional darajada bilim va ko‘nikmalar berish hamda hakamlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish orqali hakamlik faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Akademiyaga futbolchilik faoliyatini turli sabablarga ko‘ra yakunlagan, jismonan yetuk, futbol bo‘yicha bilimga ega va chet tillarini biladigan yoshlar jalb etiladi. O‘zbekistonning eng tajribali referilari, ustoz-murabbiylari va FIFA instruktorlari yosh hakamlarni har tomonlama kuchli, bilimli va professional mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

Akademiyaning boshlanishi va tanlovlar haqida batafsil ma’lumotlar O‘FA rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlov va talablarga quyidagilar kiritilgan:

- Yosh: 18-28 yosh oralig‘ida bo‘lishi;

- Antropometrik ko‘rsatkichlar: erkaklar uchun kamida 170 sm, ayollar uchun kamida 160 sm bo‘lishi;

- Jismoniy tayyorgarlik darajasi;

- Futbol haqidagi tushunchasi va nazariy bilimlar;

- Kompyuter texnologiyalari hamda chet tili, xususan, ingliz tili bo‘yicha bilim darajasi.

Akademiyada ta’lim jarayoni 6 ta modul asosida tashkil etiladi va talabalar maxsus ekipirovka hamda kerakli jihozlar bilan ta’minlanadi.

Kiritildi: 17:25 07.04.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!