O‘FA terma jamoalar bo‘limi sobiq rahbari Sherzod Igamberdiyev Instagramʼda joylagan postida O‘zbekiston milliy jamoasining Niderlandiyaga qarshi yopiq o‘rtoqlik uchrashuvi uchun 300 ming dollar to‘lanishini ma’lum qildi.
Shuningdek, u so‘nggi yillarda Kamerun, Kosta-Rika, Boliviya, Venesuela, Rossiya, AQSH, Meksika, Urugvay va Kanada termalari bilan o‘yinlar uchun O‘FA pul to‘lamaganini, aksincha federasiya byudjetiga 525 ming dollar kirim bo‘lganini ta’kidlagan.
Postda delegasiya safarlarida yashash va ovqatlanish xarajatlari ham mezbon tomon hisobidan qoplangani aytilgan.
📅 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi iyun oyida Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Niderlandiya bilan bahs 8 iyun kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.