UYEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning tashkilotdagi 16 yillik faoliyati yuzasidan to‘liq surishtiruv o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda. Bunga Infantinoning UYEFA xodimasi bilan taxmin qilingan munosabatlari haqida avvalroq paydo bo‘lgan ma’lumotlar sabab bo‘lgan. Nashr manbalariga ko‘ra, ismi oshkor qilinmagan ayol ushbu munosabatlar davrida maoshi oshirilgan holda lavozimda ko‘tarilgan, tashkilotni tark etganidan keyin esa unga ortiqcha olti xonali summa to‘lab berilgan.
UYEFA rahbarlari to‘lov shart-sharoitlarini aniqlashtirish, shuningdek, Infantinoning taxminiy munosabatlari tashkilot rahbariyatining qarorlariga ta’sir ko‘rsatgan-ko‘rsatmaganini aniqlamoqchi. Bundan tashqari, uning 2000 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrdagi butun faoliyatini tekshirish masalasi ham muhokama qilinmoqda.