Germaniyaning SID sport axborot agentligi qo‘lga kiritgan 60 sahifalik hujjatga ko‘ra, da’vo FIFA tomonidan ilgari surilgan, ammo keskin noroziliklar ortidan rad etilgan reja bilan bog‘liq.
Ma’lumotlarga ko‘ra, UEFA va boshqa manfaatdor tomonlar Infantino, ehtimol, FIFA'ning boshqa funksionerlari va maslahatchilariga nisbatan ham Shveysariya Jinoyat kodeksining 158-moddasi doirasida da’vo kiritishga tayyorlanmoqda. Ushbu modda ishonch bildirilgan mol-mulk yoki manfaatlarni boshqarishdagi jinoiy suiiste’mol holatlariga taalluqli.
Agar Janni Infantino FIFA manfaatlariga qasddan zarar yetkazish maqsadida harakat qilgani isbotlansa, u 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
UEFA AQSh sudlariga ham murojaat qilib, ish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan. Ular orasida FIFA va Infantino rejasida asosiy investor sifatida ko‘rsatilgan Thrive Capital investisiya kompaniyasiga oid materiallar ham bor. Thrive Capital kompaniyasi Joshua Kushnerga tegishli. U AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning ukasi hisoblanadi.