Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

UYEFA YECHLda hafta futbolchisini e’lon qildi

UYEFA YECHLda hafta futbolchisini e’lon qildi

UYEFA rasmiy saytida Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish yakunlandi. Unda Milanning "Inter" klubi qanot himoyachisi Denzel Dyumfris g‘olib deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki bahsida "neradzurrilar" safarda Kataloniyaning "Barselona" klubi bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan edi. Dumfris o‘tgan uchrashuvda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

"Inter" va "Barselona" o‘rtasidagi javob o‘yini kelasi hafta Milanda bo‘lib o‘tadi. Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi "PSJ" - "Arsenal" juftligining eng yaxshi jamoasi bilan yevrokubok finalida to‘qnash keladi.

Kiritildi: 14:14 02.05.2025. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!