Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

UYEFA "Chelsi" va "Barselona"ni jarimaga tortdi

UYEFA "Chelsi" va "Barselona"ni jarimaga tortdi

UYEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan klublar uchun jazolar haqida ma’lumot berdi. Ushbu klublarning har biri bilan kelishuvga erishildi. Eng yirik jarima "Chelsi"ga tegishli - 80 million yevro. London klubi 20 million yevro to‘laydi, qolgan 60 million yevro esa shartli jarima hisoblanadi. "Chelsi" 4 yil davomida UEFA nazoratida bo‘ladi.

"Barselona" ikki yillik kuzatuv muddati bilan 60 million yevro (15 million aniq + 45 million shartli) jarimaga tortildi.

Shuningdek, UEFA "Lion" (12,5 million + 37,5 million shartli, to‘rt yil kuzatuv ostida), "Aston Villa" (5 million + 15 million shartli, uch yil kuzatuv ostida) va "Hayduk" (0,3 million + 0,9 million shartli, uch yil kuzatuv ostida) klublarini ham jazoladi.

Kiritildi: 23:28 04.07.2025. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!