Ekspertlar AQSh va Isroilning Eron raketa dasturini butunlay yo‘q qilish imkoniyatiga shubha bilan qarashmoqda, deb yozadi The Washington Post nashri.
Nashr sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarga tayanib xabar berishicha, operasiya boshlanganidan buyon Eronning ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi to‘rtta asosiy ob’ektiga shikast yetkazilgan.
«Ba’zi ekspertlar raketa dasturini to‘liq yo‘q qilish mumkinligiga shubha qilmoqdalar», — deyiladi materialda.
Xususan, mutaxassislar Eronning avvalgi hujumlardan keyin tiklanish borasidagi tajribasini, shuningdek, Tehronning xorijiy ta’minot zanjirlaridan foydalanish imkoniyati borligini qayd etmoqdalar. Bundan tashqari, gazetaning yozishicha, Eron mobil raketa qurilmalaridan foydalanadi, ularning aniq soni esa noma’lum.