Xabaringiz bor, Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon chempionatining guruh bosqichini 2-o‘rinda yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Navbatdagi bosqichda vakillarimiz Xorvatiya bilan kuch sinashadi. Ushbu to‘qnashuvni jarohatdan tashqari, hech qaysi futbolchimiz diskvalifikasiya sabab o‘tkazib yubormaydi. Lekin ayrim futbolchilarimiz bo‘lajak to‘qnashuvda sariq kartochka bilan jazolansa, keyingi bellashuvda jamoamizga yordam bera olmasligi mumkin.
Bular: Muhammadali Musaxonov, Muhammad Hakimov, Sadriddin Hasanov, Asilbek Aliyev, Azizbek Abdumo‘minov, Jamshidbek Rustamov, Miraziz Abdukarimov, Muhammad Habibullayev va Abdumalik Anvarov. Mazkur 9 ta futbolchimiz Xorvatiyaga qarshi ehtiyot bo‘lib harakat qilishlari talab etiladi.
Bilasiz, guruh bosqichining 3-turida hamyurtlarimiz Panamaga qarshi maydonga tushdi va 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu to‘qnashuvni esa Amirhon Muradov sariq kartochkalari ko‘payib ketgani sababli o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, agarda bir futbolchi ikki marta sariq kartochka bilan jazolansa, keyingi uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.