Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tver va Tula aholisi portlashlar haqida xabar bermoqda

Tver va Tula aholisi portlashlar haqida xabar bermoqda

Tulada dron parchalari besh qavatli turar-joy binosi ustiga tushgani haqida Rossiya ommaviy axborot vositalari ma’lum qilmoqda. Jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. Shahar ustida portlash tovushlari eshitilmoqda.

Tverda ham guvohlar kuchli portlashlar bo‘lganini aytishmoqda. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, harbiy-transport aviasiya polki joylashgan "Migalovo" aerodromiga hujum qilingan. Viloyat rahbariyatining ma’lum qilishicha, Tver osmonida 8 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilingan.

Shu orada Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin Moskvaga yo‘nalgan yana uchta dron yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bir kechada ularning soni jami 11 taga yetdi.

Kiritildi: 07:11 25.05.2025. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!